date

Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi

Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 27-noyabr uchun AQSh dollarining yangi kursini belgiladi. Unga ko‘ra, dollar kursi 55,29 so‘mga pasayib, 11 881,60 so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, rubl kursi 151,05 so‘mga, yevro kursi esa 13 749,39 so‘mga teng deb belgilangan. 26-noyabr kuni soat 16:00 holatiga ko‘ra, bank ayirboshlash shoxobchalarida dollarni 11 830–11 855 so‘m oralig‘ida sotib olishdi va 11 935–11 995 so‘m oralig‘ida sotishdi.

Rublning sotib olish narxi 90 dan 142 so‘mgacha, sotish narxi esa 152 dan 190 so‘mgacha bo‘ldi. Shuningdek, yevroni 12 970 dan 13 610 so‘mgacha sotib olishgan va 13 800 dan 15 500 so‘mgacha sotishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollarning yangi kursini e'lon qildi