date

Markaziy bank dollar kursini oshirdi

Markaziy bank dollar kursini oshirdi
O‘zbekiston Markaziy banki 11-dekabr uchun AQSh dollarining rasmiy kursini 12 020,90 so‘m miqdorida belgiladi. Bu bir kun ichida 17,72 so‘mlik o‘sishni anglatadi.

11-dekabr holatiga ko‘ra, Yevro kursi ham yangilandi va 13 988,72 so‘mni tashkil etdi, bu esa 1,41 so‘mlik o‘sishni ko‘rsatdi. Shu bilan birga, rubl qiymati 1,19 so‘mga pasayib, 155,49 so‘mga tenglashdi.

Soat 16:00 holatiga ko‘ra, tijorat banklari dollarning xaridini 11 945-11 990 so‘m oralig‘ida amalga oshirmoqda, sotuv narxi esa 12 010-12 080 so‘mni tashkil etmoqda. Yevro bo‘yicha esa xarid narxi 13 000-13 750 so‘m, sotuv narxi esa 14 030-15 500 so‘m atrofida belgilanmoqda.

Rubl esa tijorat banklarida 90-147 so‘m narxida sotib olinib, 157-190 so‘m narxida sotilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank dollar kursini oshirdi