Rayhon G'aniyevaning konsertidagi obrazi internetni portlatmoqda!

Xonanda Rayhon G'aniyeva konsert dasturida namoyon bo‘lgan o‘zgacha uslubdagi kiyinish tarzi bilan ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Sahnadagi yangi obraz va erkin ijro muxlislar e’tiborini tortib, turli fikr-mulohazalarga yo‘l ochdi. Ko‘plab kuzatuvchilar bu chiqishni xonandaning ichki kechinmalari va ijodiy jasorati bilan bog‘lamoqda.
Rayhon G'aniyeva konsertdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida samimiy izoh qoldirib, bu lahza uning hayotida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, aynan o‘sha damlarda u muxlislarning mehrini yuragi bilan his qilgan. Bu tuyg‘u oddiy minnatdorchilikdan ham ortiq bo‘lib, uning uchun unutilmas va bebaho xotiraga aylangan.

San’atkor muxlislar qo‘llab-quvvatlashi uni yana sahnaga qaytishga ilhomlantirganini ochiq tan oldi. Rayhon G'aniyeva barcha qilayotgan ishlari, ijodiy izlanishlari va sahnadagi jasorati faqat muxlislar uchun ekanini aytib, ularni cheksiz sevishini yana bir bor ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!