date

River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringa yetkazadi

River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringa yetkazadi

Argentina grandi «River Pleyt» o'zining mashhur «Monumental» stadionini kengaytirish bo'yicha loyiha boshlanganini ma'lum qildi. Rekonstruksiya yakunlangach, arena 101 ming tomoshabinga mo'ljallanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangilanish natijasida stadion sig'imi 16 ming o'ringa ortadi: hozir «Monumental» 85 ming kishini qabul qila oladi. Qurilish ishlari aprel oyida start oladi va taxminan 36 oy, ya'ni uch yil davom etishi ko'zda tutilgan. Klub rejasiga ko'ra, yangilangan stadion 2029 yildan boshlab 100 mingdan ortiq muxlisni qabul qila boshlaydi.

Sig'im bo'yicha «Monumental» «Kamp Nou»ni ortda qoldiradi, biroq baribir Pxenyanda 1980-yillarning ikkinchi yarmida qurilgan Shimoliy Koreyadagi «1-may nomidagi Rungrado» stadionidan kichikroq bo'lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringa yetkazadi