date

Google DeepMind yangi inqilobiy texnologiyani taqdim etdi

Google DeepMind yangi inqilobiy texnologiyani taqdim etdi

Google DeepMind kecha yangi va o‘ziga xos Project Genie loyihasini ommaga namoyish qildi. Bu sun’iy intellekt (AI) foydalanuvchi kiritgan oddiy matn yoki yuklagan rasm asosida interaktiv o‘yin dunyosini yaratish imkoniyatiga ega. Yangi texnologiya Genie 3 modeli asosida ishlaydi va industriyada yangi sahifa ochishi kutilmoqda.

Endilikda foydalanuvchilar, masalan, "Zefir qasr" deb yozishlari bilan sun’iy intellekt nafaqat tasvirni chizadi, balki uni boshqariladigan qahramonga ega bo‘lgan o‘yin muhitiga aylantiradi. Foydalanuvchi ushbu dunyo ichida yurishi va harakatlanishi mumkin. Hozirgi bosqichda o‘yin jarayoni 60 soniyalik limit bilan cheklangan.

Sinov jarayonlari shuni ko‘rsatdiki, Genie 3 modeli multfilm, anime va plastilin uslubidagi xayoliy dunyolarni yaratishda mukammal natijalarni qayd etmoqda. Biroq, fotorealistik tasvirlar borasida texnologiya hali takomillashtirishga muhtoj. Shuningdek, mualliflik huquqini himoya qilish maqsadida Disney va boshqa mashhur brendlarning himoyalangan qahramonlarini yaratish bloklangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Project Genie shunchaki ko‘ngilochar o‘yinchoq emas. Bu Haqiqiy Sun’iy Ong (AGI) yaratish yo‘lida tashlangan muhim qadam hisoblanadi. Chunki sun’iy intellekt endilikda dunyo fizikasini tushunib, uni virtual muhitda simulyatsiya qilish qobiliyatiga ega bo‘lmoqda. Kelajakda ushbu texnologiyadan robotlarni o‘qitish va o‘rgatish jarayonlarida asos sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google DeepMind yangi inqilobiy texnologiyani taqdim etdi