date

Ronaldu Al-Nasrning Pro-liga o'yinida asosiy tarkibda

Ronaldu Al-Nasrning Pro-liga o'yinida asosiy tarkibda

Juma oqshomida Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» «Al-Xulud»ga qarshi maydonga tushadi. Jamoaning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Nasr»ning bugungi o'yin uchun boshlang'ich tarkibi quyidagicha: Bento, al-Ganam, Simakan, Martines, al-Nasser, al-Hassan, Anjelo, Koman, Mane, Felish, Ronaldu.

«Al-Xulud» – «Al-Nasr» uchrashuvi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin tafsilotlarini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. G'alaba qozonilsa, jamoa peshqadam «Al-Hilol»dan ortda qolayotgan farqni uch ochkogacha qisqartiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Al-Nasrning Pro-liga o'yinida asosiy tarkibda