“Uyat emasmi?” — Rayhon intervyuda keskin javob qaytardi

Xonanda Rayhon va uning turmush o‘rtog‘i “Shokuz” loyihasiga bergan intervyusida kutilmagan savollar bilan yuzlashdi. Suhbat davomida boshlovchi Rayhondan:
— O‘g‘lingiz bor, endi qiz farzandli bo‘lishni xohlaysizmi? Sizdan qiz kutishimiz mumkinmi? Harakat bo‘lyaptimi? — deya so‘radi.
Bu savol xonandani biroz hayron qoldirdi. Rayhon esa javoban:
— Bunaqa savol berish uyat emasmi? Siz faqat shunaqa noqulay savollar berasiz. Shu yoshimdami endi? — deya e’tiroz bildirdi.
Boshlovchi esa farzand mavzusidagi savollar uyat emasligini, Rayhon hali ham yosh ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng xonanda hazil aralash:
— Bugun aytdim, endi men “lalichka” xohlayman, — deya qo‘shimcha qildi.
Keyin savol Rayhonning turmush o‘rtog‘iga yo‘naltirildi:
— Rayhon ikki o‘g‘lim bor, endi qiz farzand xohlayman deyapti. Bunga harakat bo‘lyaptimi? — deya so‘radi boshlovchi.
Xonandaning turmush o‘rtog‘i esa ochiqchasiga shunday javob berdi:
— Rostini aytsam, yo‘q. Balki shunday qilish kerakdir, ammo men birovlarning fikriga qarab yashamayman. Farzand dunyoga keltirishdan ko‘ra uni katta qilish va tarbiyalash ancha mas’uliyatli. Menda uch nafar, ayolimda ikki nafar farzand bor. Ularni tarbiyalab, voyaga yetkazishning o‘zi ham oson emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!