Froynd Upamekano kelajagi tez orada hal bo'lishini aytdi

"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub vakilining so'zlariga ko'ra, myunxenliklar odatda muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmaydi va bu safar ham qo'shimcha ma'lumot bermaydi. Froynd jurnalistlarga qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishini ta'kidladi.
Upamekano 2021 yildan beri "Bavariya" safida to'p surib keladi. Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz barcha turnirlarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing