date

Fenerbahche Anje hujumchisi Sidiki Sherifni olishni xohlamoqda

Fenerbahche Anje hujumchisi Sidiki Sherifni olishni xohlamoqda

Fransiyaning «Anje» klubida to‘p surayotgan 19 yoshli hujumchi Sidiki Sherif bo‘yicha Yevropaning bir qator jamoalari qiziqish bildirayotgan bir paytda, futbolchi kelajagi borasida ustuvor yo‘nalishni tanladi. Bu haqda insayder jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Sherif klub rahbariyatiga Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasiga ko‘chib o‘tishni istashini yetkazgan. Istanbul klubi futbolchini ijara asosida olib, keyinchalik 22 million yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan bitim tuzishga tayyor.

Joriy mavsumda u 20 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi hamda 3 ta sariq kartochka oldi. Gvineyaning Konakri shahrida tug‘ilgan Sherif Fransiyaning o‘smirlar terma jamoasiga chaqirilgan, biroq hozircha rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Anje hujumchisi Sidiki Sherifni olishni xohlamoqda