Vanihoyat Yulduz Usmonova va Xamdam Sobirovning “Daryo Daryo” klipi e’lon qilindi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va mashhur xonanda Xamdam Sobirov tomonidan birgalikda ijro etilgan “Daryo Daryo” nomli qo‘shiq uchun ishlangan videoklip kecha YouTube platformasida e’lon qilindi. Premyeradan so‘ng klip qisqa vaqt ichida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, muxlislar e’tiborini tortmoqda.
Muxlislar va musiqa ixlosmandlari orasida ushbu asar yilning eng shov-shuvli taronalaridan biri sifatida tilga olinmoqda. Klip estetik jihatdan puxta, zamonaviy va nafis uslubda ishlangani bilan ajralib turadi. Kadrlar uyg‘unligi, ranglar tanlovi va sahna yechimlari tomoshabinga kuchli hissiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
San’atkorlarning bir klipda uyg‘un ijrosi ham alohida e’tirof etilmoqda. Yulduz Usmonovaning tajribasi va Xamdam Sobirovning zamonaviy ijro uslubi “Daryo Daryo” qo‘shig‘iga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar klipni yuqori baholab, uni yilning eng muvaffaqiyatli musiqiy loyihalaridan biri sifatida tilga olmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!