Rafinya Anchelottining ish uslubidan hayratda qoldi

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya bosh murabbiy Karlo Anchelottining jamoaga ta'siri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, italiyalik mutaxassisning ishlash uslubi uni jiddiy hayratda qoldirgan. Rafinya Anchelottining futbolchilarga juda yaqin bo‘lib, doimiy muloqotda ishlashi jamoa uchun katta farq yaratganini ta’kidladi. Uning kelishi bilan terma jamoa ichidagi aloqalar yana izga tushgan.
Kelasi yozda Anchelotti boshqaruvidagi Braziliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida “selesao” Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu guruhda braziliyaliklar asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda.
Avvalgi mundialda Braziliya chorak final bosqichida musobaqani tark etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!