
Yevropa Ittifoqi O'zbekistonga 2020–2030 yillar uchun qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasini qo'llab-quvvatlash maqsadida 7 million yevro miqdorida grant ajratdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuvda ma'lum qildi.
Mazkur grant Yevropa Ittifoqining O'zbekiston qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha umumiy qiymati 20 million yevroga teng loyihasining bir qismi hisoblanadi. 2023 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan 6 million yevro ajratilgan edi, qolgan 7 million yevro esa 2026 yilda amalga oshiriladigan islohotlar muvaffaqiyatli bajarilib, belgilangan maqsadlarga erishilganda taqdim etiladi.
"Yer resurslaridan samarali foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligi tizimini boshqarish investitsiyalarni jalb qilish, barqarorlikni ta'minlash va eksport raqobatbardoshligini oshirish uchun nihoyatda muhimdir, ayniqsa, JSTga qo'shilish doirasida", dedi Toyvo Klaar.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.