Jaloliddin Ahmadaliyev va Saida Saidbekova ilk duet klipni taqdim etdi (video)

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Saida Saidbekova bilan hamkorlikda ijro etilgan ilk duet qo‘shig‘ining klipini muxlislariga taqdim etdi. Mazkur klip premyerasi kecha, 22 yanvar kuni soat 18:00 da Jaloliddin Ahmadaliyevning YouTube kanalida namoyish etildi.
Duet “Bu dunyoda siz kam, men ortiqcha” deb nomlanib, romantik ruhda ijro etilgan qo‘shiq sifatida muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Qo‘shiq so‘zlari shoir G‘ayrat Sheraliyevga, musiqasi esa bastakor Alisher Nematovga tegishli.
Tarona qisqa vaqt ichida 40 mingdan ortiq tomosha qilindi hamda qariyb 200 ga yaqin iliq va samimiy izohlar qoldirildi. Muxlislar duetni iliq kutib olib, ijroni yuqori baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing