Universitetga kirishda B1 sertifikatiga ham yangi imtiyoz beriladi

1 daqiqa o'qish577
Universitetga kirishda B1 sertifikatiga ham yangi imtiyoz beriladi

O‘zbekistonda oliy ta’limga qabul qoidalarida yana bir muhim yangilik paydo bo‘ldi: endi ayrim yo‘nalishlarga kirishda B1 darajali chet tili sertifikati ham hisobga olinadi. Hukumatning tegishli qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul endilikda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda sertifikatli abituriyentlarga ball quyidagicha beriladi:

  • B1 darajali milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentga — shu fan bo‘yicha maksimal ballning 75 foizi;
  • B2 va undan yuqori darajali sertifikatga ega abituriyentga — shu fan bo‘yicha to‘liq maksimal ball.

Ma’lumot o‘rnida: avval mazkur yo‘nalishlarga qabul qilishda kamida B2 darajadagi sertifikat talab etilardi. Endi esa B1 ham “yo‘l ochadi” — ya’ni sertifikat uchun mehnat qilgan abituriyentning yutug‘i bee’tibor qolmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?