Nima sababdan Jasur Umirov namanganliklardan uzr so‘ramoqda?

Nima sababdan Jasur Umirov namanganliklardan uzr so‘ramoqda?
Qisqacha

Xonanda Jasur Umirov jonli efirda turmush o‘rtog‘i va namanganliklar haqida jahl ustida bildirgan gaplari uchun jamoatchilikdan uzr so‘radi. U bu fikrlar asl qarashlarini ifodalamasligini ta’kidladi. Jasur Umirov barcha viloyatlar aholisi, xususan, namanganliklarni hurmat qilishini va xalq uchun xizmat qilishni asosiy vazifasi deb bilishini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jasur Umirovning jonli efir davomida bildirgan ayrim fikrlari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, uning turmush o‘rtog‘i va namanganliklar haqidagi gaplari turli munosabatlarga yo‘l ochgan edi.

Mazkur holat yuzasidan san’atkor jamoatchilikka murojaat qilib, uzr so‘radi. U jonli efir paytida oilaviy munosabatlarda yuzaga kelgan kichik kelishmovchilik sabab jahl ustida gapirib yuborganini ta’kidladi. Xonandaning aytishicha, bu fikrlar uning asl qarashlarini ifodalamaydi.

Jasur Umirov barcha viloyatlar aholisi, xususan, namanganliklarni hurmat qilishini bildirib, xalq uchun xizmat qilishni o‘zining asosiy vazifasi deb bilishini qayd etdi. U kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun ehtiyotkor bo‘lishga harakat qilishini ham qo‘shimcha qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar