Xorijlik bolaga nosvoy taklif qilgan fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

1 daqiqa o'qish2.8K
Xorijlik bolaga nosvoy taklif qilgan fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi holat aks etgan video tarqaldi: unda bir yigit chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilayotgani aytiladi. Videodagi epizod jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘lgach, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, voqea joriy yil 25 yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bog‘laridan birida sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan M.K. chet el fuqarosiga nosvoy taklif qilgani, shuningdek, haqoratomuz so‘zlar ishlatib, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan buzganligi ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan M.K. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — “mayda bezorilik” bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday holatlar bo‘yicha tekshiruvlarni davom ettiradi va jamoat tartibini buzganlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘riladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?