
2026 yildan boshlab o‘z mablag‘lari hisobiga hosilning kamida 50 foizini yetishtiruvchi fermerlarga 5 foiz miqdorida subsidiya ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigida aytilgan.
Shuningdek, qarzdorligi bo‘lmagan fermer xo‘jaliklari yillik 2 foizgacha imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu choralar agrar sohaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va mustaqil ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Tabrikda sohadagi joriy natijalar ham tilga olingan. 3 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari gektaridan 50-60 sentner paxta hosilini olgan bo‘lsa, taxminan 1,5 ming xo‘jalik bu ko‘rsatkichni 70 sentnerdan oshirgan.
G‘allachilikda esa 3,5 mingdan ortiq xo‘jalik gektaridan o‘rtacha 100 sentner hosil yig‘ib olgan. Shu bilan birga, eksport salohiyatining o‘sishi qayd etildi: O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar soni yana 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.