1 fevraldan qanday mashinalardan foydalanish taqiqlanadi?

2026 yil 1 fevralidan boshlab ishlab chiqarilganiga 50-yildan oshgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi va ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi. Bu haqda hukumatning 20-fevral kuni qabul qilingan 11-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.
Qarorga ko‘ra, Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimidagi “Ma’muriy amaliyot” moduli mas’ul vazirlik va idoralar axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
Shuningdek, 2026 yil 1 fevraldan:
-umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari;
-kon, shaxta va karerlarda qo‘llaniladigan maxsus transportlar;
-yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar;
-“antikvar” avtomototransportlar uchun alohida seriyali davlat raqam belgilari joriy etiladi.
Yana bir yengillik sifatida, avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomada mulkdor manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida esa oldi-sotdi shartnomasi, auksion bayonnomasi, elektron hisob-ma’lumotlar va mulkdor ma’lumotlari idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!