Feruza Jumaniyazova: "Qotgan non yesam ham, Feruza Jumaniyazova bo‘lmasam ham rozi edim"

Xonanda Feruza Jumaniyazova “IntervyuTV” bilan bo‘lgan suhbatida shunday savolga javob berdi: “Agar qaytish imkoniyati bo‘lganida, qaysi yillarga qaytgan bo‘lardingiz va nimalarni tuzatgan bo‘lardingiz?”
Feruza biroz mayus bo‘lgan holda dedi:
“Onamning quchog‘iga qaytgan bo‘lardim. Onamni judayam sog‘indim. Mayli, o‘sha bir xonali uyda yashasak ham, ota-onamning yoniga qaytish imkoni bo‘lsa, rozi edim. Hatto Feruza Jumaniyazova bo‘lmasam ham rozi edim. Faqat ota-onamning yonida bo‘lishim kifoya. Qotgan nonni yeb o‘tirsak ham, o‘zimni baxtli his qilgan bo‘lardim. Qaniydi, shunday imkon bo‘lganida...”
Bunday javobni berar ekan, xonanda ko‘zlariga yosh oldi. Uning so‘zlari muxlislarni ham ota-onasining hayot ekanligida e’tibor berishga, ularni qadrlashga chaqirdi. Ota-onasini yo‘qotganlar esa yana bir bor ko‘zlariga yosh olib, xotiralarini eslashga turtki bo‘ldi. Shu javobdan xulosa qilish mumkinki, ota-onaning sog‘ ekanligi va yoningda bo‘lishi — hayotdagi eng katta baxtdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!