date

Yevropa Chempionlar Ligasi 8-turida kiritilgan gollar (video)

Yevropa Chempionlar Ligasi 8-turida kiritilgan gollar (video)

Yevropa Chempionlar Ligasida oxirgi tur o‘yinlari dramatik tarzda yakunlandi.

So‘nggi turda «Benfika»ga yutqazgan «Real» top-8dan tushib qoldi va o‘tgan yilda bo‘lgani kabi yana qo‘shimcha pley-off bosqichida o‘ynaydigan bo‘ldi. Mourinio jamoasi esa dramatik bellashuvda darvozabonning 90+8-daqiqadagi goli evaziga oxirgi yo‘llanmani beradigan — 24-o‘ringa ilinib oldi.

«Barselona», «Manchester Siti» va «Chelsi» so‘nggi turdagi g‘alaba hisobiga top-8ga kirib oldi va 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yetakchi «Arsenal» bu bosqichda 100 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi. Turnirning amaldagi chempioni «PSJ» va amaldagi finalchi «Inter» xuddi Madrid klubi kabi 1/8 finalga o‘tish bosqichida qatnashadi. A Seriya chempioni «Napoli» musobaqa bilan xayrlashdi.

YECHL. 8-tur. 28 yanvar

Benfika — Real 4:2

Gollar: Shelderup (36, 54), Pavlidis (45+5, penalti), Trubin (90+8) — Mbappe (30, 58).

Chetlatishlar: Asensio (90+2, Real), Rodrigo (90+7, Real).

Napoli — Chelsi 2:3

Gollar: Vergara (33), Hoylund (43) — Fernandes (19, penalti), Pedro (61, 82).

Arsenal — Qayrat 3:2

Gollar: Gokeresh (3), Haverts (15), Martinelli (36) — Jorjinio (7, penalti), Rikardinio (90+3).

Manchester Siti — Galatasaroy 2:0

Gollar: Holand (11), Sherki (29).

PSJ — Nyukasl 1:1

Gollar: Vitinya (8) — Uillok (45+2).

Foydalanilmagan penalti: Dembele (4).

Barselona — Kopenhagen 4:1

Gollar: Levandovski (48), Yamal (60), Rafinya (69), Reshford (85) — Dadason (3).

Liverpul — Qorabog‘ 6:0

Gollar: Mak Allister (15, 61), Virts (21), Saloh (50), Ekitike (57), Kiyeza (90).

Borussiya D — Inter 0:2

Gollar: Dimarko (81), Diuf (90+4).

PSV — Bavariya 1:2

Gollar: Saybari (78) — Musiala (58), Keyn (84).

Chetlatish: Mauro (90+4, PSV).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasi 8-turida kiritilgan gollar (video)