date

2025 yilda dollar kursi qanday o'zgardi

2025 yilda dollar kursi qanday o'zgardi

2025 yil boshida iqtisodchilar AQSh valyutasi keskin qimmatlashishini kutgan edi, biroq yil yakuniga kelib vaziyat buning teskarisi bo'ldi. Kursiv Uzbekistan yil davomida dollar kursi qanday o'zgarganini ko'rib chiqdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Yilning ilk kunida — 1 yanvarda — 1 dollar 12 915,18 so'mga teng bo'lib, bir kun ichida 10,27 so'mga qimmatlagan. Fevral boshida kurs 12 975,05 so'mga chiqib, yana 18,04 so'm qo'shdi.

Mart oyida trend o'zgardi: oy boshida dollar 12 890,07 so'mgacha arzonladi. Aprelda kurs yana yuqorilab 12 937,16 so'mga yetdi, ammo may boshida dollar qayta kuchsizlanib 12 920,16 so'mgacha tushdi.

Iyun boshida kurs 12 790,43 so'mni tashkil etdi — bu yil davomida kuzatilgan eng past ko'rsatkichlardan biri. Pasayish yoz oylarida ham davom etdi: iyul boshida dollar 12 694,97 so'm bo'lsa, avgust boshida 12 692,42 so'm atrofida qayd etildi.

Sentyabrda tushish yanada tezlashdi va kurs 12 422,90 so'mgacha pasaydi. Oktyabr boshida dollar yanada arzonlab 12 067,76 so'mni ko'rsatdi, noyabr boshida esa 12 005,09 so'mga teng bo'ldi.

Dekabrda qisqa muddatli tiklanish alomatlari kuzatildi: oy boshida kurs 11 940,95 so'mgacha ko'tarildi. Yil yakunida dollar yana biroz mustahkamlanib, dekabr oxirida 12 025,33 so'mni tashkil etdi.

Umuman olganda, 2025 yil davomida dollar 879,58 so'mga arzonladi. Yil bo'yi asosan pasayish tendensiyasi ustun bo'lib, yakuniy ko'rsatkich yil boshidagi darajadan sezilarli past chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2025 yilda dollar kursi qanday o'zgardi