date

YeTTBR Oʻzbekiston biznesi uchun 30 mln dollargacha yashil kredit ajratadi

YeTTBR Oʻzbekiston biznesi uchun 30 mln dollargacha yashil kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTBR) GEFF II Uzbekistan dasturi doirasida Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subyektlari uchun “yashil” moliyalashtirishga 30 mln dollargacha mablagʻ yoʻnaltiradi. Bu haqda bank matbuot xizmati maʼlum qildi.

Mablagʻlar Hamkorbank orqali ajratiladi va asosan energiya samaradorligi hamda barqaror rivojlanish loyihalariga xizmat qiladi. Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, energiya sarfini kamaytirish va kompaniyalarning iqlimga moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanadi.

Kreditning bir qismi Kanada hukumati tomonidan HIPCA iqlim hamkorligi doirasida beriladigan imtiyozli qoʻshma moliyalashtirish bilan taʼminlanadi. Ushbu tashabbusga YeI mamlakatlari, AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa donorlar ham qoʻshilgan.

YeTTBR maʼlumotiga koʻra, dekabr oxiri holatiga bank Oʻzbekistonda 196 ta loyiha orqali 6,6 mlrd dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Investitsiyalarning asosiy qismi xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » YeTTBR Oʻzbekiston biznesi uchun 30 mln dollargacha yashil kredit ajratadi