date

2026 yilda taksistlar 1 foiz soliq to'laydi

2026 yilda taksistlar 1 foiz soliq to'laydi

Soliq qo'mitasi matbuot xizmati 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangi tartib bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Unga ko'ra, o'zini o'zi band qilgan taksi haydovchilari boshqa o'zini o'zi band qilganlar kabi aylanmadan 1% soliq to'laydi. Ya'ni 1 million so'm daromaddan 10 ming so'm soliq ushlab qolinadi.

Agar haydovchi onlayn agregatorlar orqali ishlasa, aylanmadan olinadigan soliq daromad o'tkazilayotgan paytda avtomatik tarzda taksopark tomonidan ushlab qolinadi. Qayd etilishicha, onlayn taksoparklar faqat o'z platformasi orqali o'tgan daromaddan soliqni ushlab qoladi.

Shuningdek, idora 2026 yil yanvaridan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilganlar uchun maxsus QR-kodlar majburiy bo'lishini eslatdi. Biroq xizmatini soliq organlarining axborot tizimlariga ulangan onlayn agregatorlar orqali ko'rsatadigan taksistlar va kuryerlar uchun bunday QR-kod talab qilinmasligi alohida ta'kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026 yilda taksistlar 1 foiz soliq to'laydi