
Nyu-York tarixida ilk marta shahar mera lavozimiga qasamyod Qur’on bilan qilindi. Yangi saylangan Zohran Mamdani 2026 yil 1 yanvar kuni rasman faoliyatini boshladi, deb xabar berdi Associated Press.
Undan oldin aksariyat merlar Injil bilan qasamyod qilgan. Mamdani esa musulmon sifatida o‘z e’tiqodiga sodiq qolib, Qur’on bilan marosimni o‘tkazdi. AQSHda qasamyodda diniy kitobdan foydalanish majburiy hisoblanmaydi.
Mamdani saylovda asosiy diqqatni yashash xarajatlari, ijara muammolari va jamoat transport haqlarini bekor qilish kabi ijtimoiy masalalarga qaratdi. U o‘z kampaniyasi davomida Nyu-Yorkdagi musulmon va janubiy osiyolik saylovchilarni faol ravishda safarbar etdi.
Uning g‘alabasidan so‘ng sobiq prezident Barak Obama Mamdaniga qo‘ng‘iroq qilib tabrik yo‘lladi. Mamdani o‘zini “demokratik sotsialist” deb atab, ijtimoiy tenglikka oid bir qator tashabbuslarni ilgari surmoqda. Mamdani AQSH prezidenti bo‘lishi mumkin emas — u Ugandada tug‘ilgan.
Shu bilan Nyu-York shahar boshqaruvi tarixida ilk bor musulmon mer qo‘liga o‘tdi. 8,5 million aholi va taxminan 120 milliard dollarlik budjetga ega shahar boshqaruvida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Shuningdek, saylovda qatnashganlar soni 1969 yildan buyon ilk bor 2 milliondan oshdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.