date

Oʻzbekiston apelsin importini bir yilda 7,8 foizga oshirdi

Oʻzbekiston apelsin importini bir yilda 7,8 foizga oshirdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Oʻzbekistonga 23,8 ming tonna apelsin import qilingan.

Koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga yuqori. Apelsin yetkazib berishda Eron yetakchi boʻlib, mamlakatdan 12,2 ming tonna mahsulot keltirilgan.

Eng yirik eksportchilar beshligidan BAA (3,6 ming tonna), Misr (2,9 ming tonna), Xitoy (2,3 ming tonna) hamda Janubiy Afrika Respublikasi (2 ming tonna) ham oʻrin oldi. Qolgan davlatlar hissasiga 813,6 tonna import toʻgʻri keldi.

Qiymat ifodasida apelsin importi qariyb 12 mln dollarni tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston apelsin importini bir yilda 7,8 foizga oshirdi