date

Hokimliklar bekatlar obodonchiligi uchun mas’ul bo‘ladi

Hokimliklar bekatlar obodonchiligi uchun mas’ul bo‘ladi

O‘zbekistonda hokimliklarga jamoat transporti bekatlari va dispetcherlik punktlarini joylashtirish hamda ularni obodonlashtirish bo‘yicha mas’uliyat yuklatildi. Shuningdek, ular aholiga transport xizmati ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzishi, tashishlar sifati ustidan nazorat o‘rnatishi va harakatni tashkil etish rejalarini ishlab chiqishi belgilandi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qonunga ko‘ra, mahalliy vakillik organlari hududlarda avtotransportni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni tasdiqlaydi va ularning ijrosini kuzatib boradi. Bundan tashqari, yong‘in xavfsizligiga oid xarajatlar, jumladan yong‘inga qarshi xizmatlarni saqlash bo‘yicha mahalliy byudjet mablag‘lari sarfini kelishish vakolati ham ushbu organlar zimmasiga yuklandi.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimliklar bekatlar obodonchiligi uchun mas’ul bo‘ladi