
«Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamal 2025 yilda Yevropaning beshta yetakchi ligasida eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling (raqibni aldab o‘tish) amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli ispaniyalik iqtidor yil davomida 188 marta raqibini “chalg‘itib”, epchil harakat bilan chetlab o‘tishni uddalagan. Bu ko‘rsatkich boshqalarnikidan ancha yuqori: Yamal bu yo‘nalishda hammani orqada qoldirgan.
Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» hujumchisi Jeremi Dok-u (111), uchinchi pog‘onada esa «Tottenhem» vingeri Muhammad Kudus (98) qayd etilgan.
Yevropa top-5 ligasi, 2025-yil — eng ko‘p muvaffaqiyatli aldab o‘tishlar:
- Lamin Yamal («Barselona») — 188
- Jeremi Dok-u («Manchester Siti») — 111
- Muhammad Kudus («Tottenhem») — 98
- Kilian Mbappe («Real») — 96
- Vinisius Junior («Real») — 86
- Andrey Ratsiu («Rayo Valekano») — 77
- Yankuba Minte («Brayton») — 75
- Niko Pas («Komo») — 72
- Maykl Olise («Bavariya») — 70
- Niko Uilyams («Atletik») — 68
Qisqasi, Yamal hozircha “dribling podshohi” rejimini yoqib qo‘ygan: 18 yoshda shuncha raqam — bu oddiy statistika emas, bu katta darajaning signali.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.