08:30 / 24.09.2017
6 401

20 kunda 300 foiz daromad topish yo‘li yoxud HAYP degani nima?

Bugungi kunda yoshlar orasida “bir oyda ikki baravar daromad ko‘riladigan”, “20 kunda 300% daromad beruvchi” yoxud “bir kunda 150% daromad”ni va’da qiluvchi turli HAYP-loyihalar urf bo‘ldiki, natijada kimlardir yaxshi daromad olgan bo‘lsa, kimlardir barcha tikilgan mablag‘laridan ayrildi.

Xo‘sh, bu HAYP-loyihalar nima o‘zi va ular qanday yuzaga keladi? Ushbu maqolada biz jamiyatimiz hayotiga kirib kelayotgan yangiliklardan biri bilan yaqindan tanishtirib o‘tishga harakat qilamiz.

Hayp (inglizcha HYIP - High Yield Investment Program) – bu firibgarlik loyihasi bo‘lib, unda Ponsi sxemasiga o‘xshash usulda investorlarga o‘ta yuqori daromadni va’da qiluvchi hamda faqatgina yangi jalb qilingan ishtirokchilar hisobidan eski omonatchilarga pul berishni yo‘lga qo‘ygan investitsion qalloblik shaklidir. Boshqa so‘zlar bilan aytganda hayplar – moliyaviy piramidalarning yangicha ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ularda ham xuddi moliyaviy piramidalardagi singari ko‘plab yangi ishtirokchilarni jalb qilish hisobiga eski ishtirokchilarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi belgilanadi. Bunda xuddi tarmoq marketingidagi singari mavjud ishtirokchilarga va’da qilingan daromaddan tashqari faollik ko‘rsatgan holda yangi ishtirokchilarni jalb qilganlik uchun ko‘p pog‘onali tizimda (referallar) daromad to‘lash tizimi amal qiladi.

Masalan, agar tizimda birinchi pog‘ona kiritadigan mablag‘dan 5%, ikkinchi pog‘onadan 3% va uchinchi pog‘onadan 2% daromad berilishi nazarda tutiladigan bo‘lsa, u holda yuqori pog‘onada turgan inson har bir o‘zidan quyida turgan jalb qilgan ishtirokchilardan mos ravishda qo‘shimcha daromad oladi. Deylik, Ahmad birinchi pog‘onada turibdi va ushbu loyihaga Eshmatni taklif qildi va Eshmat 100 000 so‘m mablag‘ kiritdi. Ushbu 100 ming so‘mdan 5% (5 ming so‘m) Ahmadga qo‘shimcha daromad sifatida beriladi. Endi o‘z navbatida Eshmat loyihaga Toshmatni taklif qildi hamda Toshmat 200 000 so‘m pul kiritdi. U holda Eshmatga 5% (10 000 so‘m) va Ahmadga 3% (6 000 so‘m) bonus sifatida beriladi. Xuddi shu singari quyiga qarab davom etaveradi va piramidaning yuqorisida turgan Ahmad har bir o‘zining jamoasidagi ishtirokchilar tomonidan jalb qilinadigan yangi ishtirokchilar kiritadigan mablag‘lar hisobidan bonus olib turaveradi.

Hayp-loyihalar investorlarni juda yuqori daromadlarni qisqa muddatlarda to‘lab berish imkoniyatini berishi bilan o‘ziga tez jalb qiladi. Ushbu to‘lab beriladigan yuqori daromadlarning manbalari sifatida esa ular turli afsonalarni o‘ylab topishadi.

Hayp afsonasi – bu loyiha egalarining nima bilan shug‘ullanishi tarixi va investorlar mablag‘larini qayerga sarflanishi haqidagi cho‘pchakdir. Ko‘plab yangi ishtirokchilar ushbu afsonaga chin dildan ishonishadi va hattoki real ishlashlarini isbotlamoqchi bo‘lishadi hamda to‘lovlar har doim uzluksiz to‘lanishini kutishadi, tez kunlarda boyib ketishni orzu qilishadi. Afsonaning naqadar ishonchli yoritilishi loyiha egalariga eng yaxshi xo‘rak vazifasini bajaradi, unda ishtirokchilar o‘z mablag‘larini qayta tikishlari va ko‘plab do‘stlarini jalb qilishlari va eng achinarlisi loyiha yopilganda umid uzmasdan qaytishiga ishonishlariga sabab bo‘ladi.

Qanday turdagi hayp afsonalari mashhur?
Hayp afsonalaridan eng ko‘p ishlatiladiganlari orasida sport turlariga pul tikish afsonasi ko‘p qo‘llaniladi. Unda loyiha mualliflari go‘yoki doimo sportga qilinadigan garovlarda g‘olib chiqqanliklarini isbotlovchi turli skrinshot rasmlarini (yasalgan yoki ko‘chirilgan) joylashlari hamda shu orqali va’da qilingan mablag‘larni to‘lab berishlari aytiladi. Biroq barchaga ma’lumki, sport o‘yinlariga pul tikish natijasida doimiy ravishda foydaga chiqish imkoniyati ilojsiz sanaladi. Shunday afsonalardan yana biri bu valyuta va fond bozorlaridagi savdolardan foyda olish hisoblanadi. Shu qatorda yana mikrokreditlash, turistik yo‘nalishlarda ijara xizmati va bugungi kunda ommalashgan kriptovalyutalarga mablag‘ kiritish singari afsonalar orqali hayp-loyihalar o‘zlariga ko‘plab mijozlarni jalb qilishadi.

Hayp-loyiha afsonasi to‘laqonli ishonchli bo‘lishi uchun yana quyidagi qo‘shimcha elementlar kiritiladi:

Hujjatlar. Asosan offshor hududlardan sotib olingan litsenziyalar va sertifikatlar. Ba’zi hollarda oddiy fotoshopda tayyorlangan bo‘lishi ham mumkin, shuning uchun barcha ko‘rsatilgan hujjatlarni maxsus saytlar orqali tekshirib ko‘rish lozim. Masalan, agar tashkilot Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, uni quyidagi saytdan tekshirish mumkin.

Telefonlar. Ko‘p hollarda turli statsionar telefon raqamlari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Biroq ushbu telefonlarga bog‘lanmoqchi bo‘lsangiz tarmoq doimo band qilingan bo‘ladi.

Ofislar. Asosan ofislar bilan eng yirik tashkilotlargina maqtana olishi mumkin. Chunki rasmiy ofisi bo‘lgan tashkilotlar endilikda nafaqat internet tarmog‘ida, balki hayotda ham xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Hisobotlar. To‘lab berilgan majburiyatlar va amalga oshirilgan ishlarning doimiy ravishda ko‘rsatilib borishi mijozlarni yanada qiziqishari ortishiga sabab bo‘ladi.

Taqdimotlar.
Agar loyiha tashkilotchilari tomonidan rasman internetda emas real hayotda taqdimotlar o‘tkazilsa, bu ishonch darajasi ortishiga sabab bo‘ladi.

Veb-saytlar. Ayrim telegram-hayplarning hattoki veb-sayti ham mavjud emas. Ular telegram-botlar orqali yoki boshqa platformalarda ishlaydi. Bu juda ishonchsiz hayp-loyiha sanaladi. Veb-saytiga ega va uning ro‘yxatdan o‘tib ish boshlayotgan davriga ko‘proq vaqt bo‘lgan loyihalar ozgina bo‘lsa ham ishonchliroq sanaladi.

Hisobni to‘ldirish va hisobdan chiqarish. Asosan hayp-loyihalar ko‘p hollarda kriptovalyutalar (bitkoin, efir va b.), elektron hamyonlar (Advcash, Payeer, Perfect Money, Qiwi, Yandex.money) va juda kam hollarda Visa/Mastercard xalqaro plastik kartalari orqali to‘lovlarni qabul qiladi va foiz to‘lovlarini amalga oshiradi. Ayniqsa, haypdagi hisobingizdan mablag‘ni chiqarmoqchi bo‘lganingizda ko‘proq kriptovalyutalar va aynan Advcash, Payeer, Perfect Money singari to‘lov platformalaridan foydalanishadi. Chunki yuqoridagi elektron hamyonlarning o‘zlari aynan shunday sirli yoki noqonuniy loyihalar bilan ishlash bo‘yicha ommalashgan hisoblanadi.

Hayp-loyihalar tashkil qilinayotganidayoq qanchadir muddat va miqdordagi foydani mo‘ljal qilgan holda tashkil qilinadi hamda shu foydaga erishilgach, faoliyatni to‘xtatadi. O‘z faoliyatini to‘xtatgan va mijozlarga ortiq majburiyatlarini bajarmay qolgan hayp-loyihalarga nisbatan SKAM (inglizcha scam – firibgarlik) iborasi ishlatiladi.

Har qanday hayp-loyiha o‘zining yashash davriga qarab qisqa, o‘rta va uzoq muddatli hayplarga bo‘linadi.
  • Qisqa muddatli hayplar (kuniga 3 foizdan 50 foizgacha va’da qilinadi) bir kundan - bir necha kungacha yashashi mumkin.
  • O‘rta muddatli hayplar (kuniga 1 foizdan 10 foizgacha va’da qilinadi) esa odatda bir oydan bir necha oygacha yashashi mumkin.
  • Uzoq muddatli hayplar (kuniga 0.1 foizdan 3 foizgacha va’da qilinadi) ko‘p hollarda 6 oydan bir necha yilgacha yashashi kuzatiladi.

Har qanday hayp qancha muddat yashashini oldindan aytish juda mushkul hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga tikiladigan mablag‘larning daromad bilan qaytish ehtimoli juda past hisoblanadi. Hayp tashkil qilingan kundanoq investitsiya kiritiladigan hollarda foydaga chiqish ehtimoli yuqoriroq. Biroq shu holda ham loyihaning yashash davri va majburiyatlarini naqadar bajara olishini siz bilmaysiz. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu hayplarga tikilgan mablag‘lar kechilgan mablag‘lar bo‘lishi kerak, aks holda barcha mablag‘lardan ayrilganda juda og‘ir holatlarga tushish hech gap emas.

Dunyoda kuniga minglab hayplar ochiladi va yopiladi. Bugungi kunda ko‘plab hayp-loyihalar mamlakatimiz yoshlari orasida ham keng tarqalmoqda. Buning eng asosiy sabablaridan biri endilikda ko‘plab hayplar internet saytlardan tashqari telegram messenjerlari orqali faoliyatni yo‘lga qo‘yganliklarida bo‘ldi.

Misol tariqasida Trinity3.me, Wales Global, Goldstar singari telegram hayp-loyihalarining keng tarqalganini alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu loyihalarda kunlik kamida 3-5 foiz daromad to‘lab borilishi nazarda tutilgani va eng kam qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mablag‘ 10 dollar qilib belgilangani barchani birday o‘ziga tortdi.

Foizini har kundagisini kunda olayotgan do‘stlarini ko‘rgan boshqa xohlovchilar zudlik bilan ushbu loyihaga pul kiritishni boshlashdi. Hattoki ayrim hududlarda shu loyihaning vakil konsultatsion markazlari ham ish boshlagan edi. Biroq, loyihalarning yashash davri ko‘pga cho‘zilmadi. Natijada, O‘zbekistonda minglab odamlar ushbu loyihalarga tikkan pullarini foydasini olib ulgurmasdan zarar ko‘rishdi. Eng achinarlisi, ayrim insonlar 10 ming AQSh dollaridan tortib 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘larni to‘liq qaytarib olib ulgurmasdan yutqazgan holatlar ham mavjud.

Bunda Trinity3.me loyihasi 4 oydan sal ortiqroq vaqt ishlab turgan bo‘lsa, qolgan ikkita loyiha hali bir oyga yetmasdan yopildi. Aslida telegram botlarga hayplarning kirib kelishi 2016 yilda (17.06) Larawith.me deb nomlangan hayp-loyiha tomonidan boshlab berildi. U loyiha kuniga 3% cheklanmagan muddatda foiz to‘lash sharti bilan mijozlardan mablag‘ jalb qilgan holda 15.11.2016 yilgacha amal qilgan va 32 mln. dollardan ortiq mablag‘ jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Aytish joizki, har doim yuqori daromad va’da qilinadigan joyda juda katta xatar yashirinib yotadi. Bu ham bo‘lsa qo‘yilgan mablag‘ni o‘zini ham qaytarib ola olmaslik xataridir. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, agar

Aytish joizki, har doim yuqori daromad va’da qilinadigan joyda juda katta xatar yashirinib yotadi. Bu ham bo‘lsa qo‘yilgan mablag‘ni o‘zini ham qaytarib ola olmaslik xataridir. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, agar o‘zlarining afsonalarida taklif qilinayotgan usullar orqali kuniga 5-10 yoki undan ham ko‘p foizga daromadlarini orttirishlari mumkin bo‘lgan insonlarga boshqalarni shunga jalb qilish ularga vaqt ajratgandan ko‘ra, o‘zlari tinchgina doimiy daromad olib yurganlari ma’qul emasmi? Unday daromadning o‘zi yo‘qligi va buning barchasi faqatgina mijozlarni jalb qilishdagi yaxshigina xo‘rak bo‘lgani uchun ham hayp-loyihalari egalari turli tuman afsonalarni o‘ylab topishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, 90-yillardagi MMM va o‘tgan yili ro‘y bergan Ahmadboy ishi moliyaviy piramidalaridan keyin, bugungi kunda boshqa ko‘rinishlarda yuzaga kelayotgan yangi tur moliyaviy piramidalar bo‘lmish hayp-loyihalar aniq firibgarlik asosida tashkil qilinadigan umri qisqa bo‘lgan loyihalardir. Ularga pul tikishdan oldin avvalo shu puldan voz kechishga tayyor bo‘lishingiz kerakligini unutmang.

Mansur Tangishov, moliyachi-ekspert
Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 20 kunda 300 foiz daromad topish yo‘li yoxud HAYP degani nima?