O‘zbekiston Respublikasi 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida dunyodagi 206 davlat bilan savdo aloqalari olib bordi. Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda mamlakat tashqi savdo aylanmasi 59,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,1 mlrd dollarga ko‘p bo‘lib, 22,9 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi.
Eksport va import dinamikasi
Eksport hajmi 26,7 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 33,3 foizga oshgan. Import esa 33,1 mlrd dollarga yetgan va 15,6 foizga o‘sgan. Tashqi savdo balansi esa 6,4 mlrd dollarlik manfiy saldo bilan shakllangan.
Eng yirik savdo hamkorlari
Xitoy (19,1 %), Rossiya (15,7 %), Qozog‘iston (5,8 %), Turkiya (3,6 %) va Koreya Respublikasi (2,2 %) O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari hisoblanadi.
Eksportda ustuvor mahsulotlar:
- Sanoat mahsulotlari — 10,7%
- Ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 7,7%
- Kimyoviy vositalar — 5,7%
- Tayyor mahsulotlar — 4,7%
Import tarkibida asosiy ulushni egallagan yo‘nalishlar:
- Mashina va transport uskunalari — 33,9%
- Sanoat tovarlari — 15,9%
- Kimyoviy mahsulotlar — 12,3%
Importning asosiy manbalari:
Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Koreya, Germaniya va Hindiston kabi davlatlar mamlakatga kelayotgan tovar va xizmatlarning katta qismini ta’minlamoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tashqi savdo salohiyatining ortishi va mamlakatning jahon bozoriga integratsiyalashuvi tobora faollashmoqda. Bu esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish va tashqi savdo hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!