date

Shomurodov jamoasida bu safar nursiz durang! Eldor to'liq o'ynadi

Shomurodov jamoasida bu safar nursiz durang! Eldor to'liq o'ynadi

Turkiya Superligasi 9-tur doirasida bo‘lib o‘tgan Rizespor – Istanbul Basaksehir uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.

Basaksehir jamoasi 15 marta darvozaga zarba berdi, ulardan 5 tasi aniq bo‘ldi. Rizespor esa 10 ta zarba va 4 ta aniq zarba bilan javob qaytardi. To‘p nazorati 51% — 49% Rizespor foydasiga bo‘ldi.

Natijada Rizespor 9 ochko bilan 11-o‘rinda, Basaksehir esa 7 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov jamoasida bu safar nursiz durang! Eldor to'liq o'ynadi