Angliya Premer-ligasi yangi mavsum uchun o‘yinlar taqvimini ancha oldindan e’lon qiladi. Bu yondashuv muxlislar tomonidan yuqori baholanadi.
Euro-football.ru yozishicha, iyun oyidayoq Premer-liga 2025/2026 yilgi mavsum uchun aniq taqvim qachon chiqishini belgilab qo‘ydi. Rejaga ko‘ra, 2024-yil 15-oktyabrda Premer-liga 14-turdan 24-turgacha bo‘lgan, ya’ni yanvar oxirigacha o‘yinlar jadvalini e’lon qilishi kerak edi.
Biroq, o‘tgan hafta liga faqat 17-turgacha bo‘lgan o‘yinlarni, ya’ni 22-dekabrgacha bo‘lgan uchrashuvlarni taqdim qildi. Rojdestvo va Yangi yil bayramlari oralig‘ida o‘yinlar jadvalini tuzishda qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Ushbu kechikish muxlislarda norozilik uyg‘otdi. Futbol ishqibozlari assotsiatsiyasi bu holatni tanqid qildi va Premer-liga, klublar, politsiya hamda mahalliy idoralarni o‘z vazifalarini yaxshiroq bajarishga chaqirdi.
Premer-liga uchrashuvlariga ko‘plab xorijlik muxlislar ham tashrif buyuradi. Shu sababli, o‘yinlar jadvalini imkon qadar erta e’lon qilish muhim sanaladi.
Angliyada yil oxiri va yangi yil boshida ko‘plab o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu davr Boxing Day deb ataladi.
Boxing Day rasmiy ravishda 26-dekabrda nishonlanadi. Joriy mavsumda ushbu sanada faqat bir nechta o‘yin o‘tkaziladi, asosiy o‘yinlar esa 27-dekabrga belgilangan.
Muxlislar Premer-liganing Boxing Day’ga oid o‘yinlarni qisqartirganidan norozi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!