date

O‘zbekiston tashqi bozorlarda faollikni oshirdi

O‘zbekiston tashqi bozorlarda faollikni oshirdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 59,8 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,9 foiz yoki 11,1 milliard dollar ko‘pdir.

Eksport hajmi 26,7 milliard dollar bo‘lib, 33,3 foizga o‘sdi. Import esa 33,1 milliard dollarni tashkil etib, 15,6 foizga ko‘paydi.

O‘zbekiston hozirda 206 davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Ular orasida yetakchi hamkorlar — Xitoy (19,1%), Rossiya (15,7%), Qozog‘iston (5,8%), Turkiya (3,6%) va Koreya Respublikasi (2,2%).

Mutaxassislar fikricha, bu o‘sish mamlakatdagi eksport salohiyati va ishlab chiqarish turlarining kengayishi bilan izohlanadi. Ayniqsa, Xitoy va Rossiya bilan savdo aloqalarining kuchayishi iqtisodiy faollikni yanada oshirgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatda yangi bosqichga qadam qo‘yib, xalqaro bozorlarda o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston tashqi bozorlarda faollikni oshirdi