date

Fabio Kannavaro kutilmaganda O‘zbekistonni tark etdi

Fabio Kannavaro kutilmaganda O‘zbekistonni tark etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kutilmaganda mamlakatni tark etdi, deb xabar bermoqda insayder manbalar, deb yozadi UPL.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kannavaro o‘z Vatani — Italiyaga qaytgan. Aytilishicha, mutaxassis u yerda shaxsiy ishlarini hal etishni rejalashtirmoqda.

Insayderlarga ko‘ra, Fabio 3–4 kundan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi va Superliga o‘yinlarini kuzatishni davom ettiradi. Eslatib o‘tamiz, Kannavaro boshchiligida terma jamoa Kuvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etdi, Urugvayga esa 1:2 hisobida yutqazdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fabio Kannavaro kutilmaganda O‘zbekistonni tark etdi