date

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi?

Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi?

Toshkent shahrida isitish mavsumining rasmiy starti haqida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bayonot berdi. Unga ko‘ra, mamlakatda amalda bo‘lgan sanitariya-gigiyena me’yorlariga asosan, issiqlik ta’minoti mavsumi tashqi havo harorati ketma-ket 5 kun davomida o‘rtacha +8°C darajadan past bo‘lsa, keyingi kunidan boshlab boshlanadi.

Boshqacha aytganda, agar ob-havo sharoiti ketma-ket bir necha kun davomida sovuq bo‘lib, kundalik o‘rtacha harorat belgilangan chegaradan pastga tushsa, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy muassasalar — maktab, kasalxona va bog‘chalar issiqlik bilan ta’minlanadi.

Mutasaddilar aholini bu jarayonga tayyor turishga chaqirmoqda va xonadonlarda isitish tizimlarining soz holatda bo‘lishini tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda isitish tizimi qachon yoqiladi?