Soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini bekor qilish va faqat mulkdorlarga dividendlar tarzida to‘lanadigan foydaning bir qismiga soliq solish taklif etilmoqda, deb yozmoqda Norma.
Foyda solig‘i (14%) va dividend solig‘i (10%) o‘rniga faqat 25%lik stavkadagi dividend solig‘i joriy etiladi.
Bugungi kunda umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar va to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar qismida soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llovchilar foyda solig‘ini to‘laydilar.
Quyidagilarga foyda solig‘i solinadi:
• foyda, ya’ni jami daromad bilan chegiriladigan xarajatlar o‘rtasidagi farq;
• to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlar.
Demak, foyda solig‘idan tashqari, dividendlarni to‘lash chog‘ida 10%lik stavkada dividend solig‘i ham to‘lanar ekan.
Quyidagi islohot amalga oshiriladi:
• bugungi kunda eng murakkablaridan biri hisoblangan soliq bekor qilinadi;
• soliq ma’muriyatchiligi soddalashtiriladi;
• dividendlar hisobiga xodimlarga xufiya to‘lovlar sxemalari naf keltirmaydigan qilib qo‘yiladi;
• mulkdorlarning biznesni kengaytirishi yoki yangisini ochishi rag‘batlantiriladi.
Foyda investitsiyalarga sarflansa, unga soliq solinmaydi.
Foyda solig‘ining bekor qilinishi banklar va sug‘urta tashkilotlariga daxl etmaydi. Norezidentlar uchun ham soliq solishning alohida tartibi taklif etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi