Davlat xaridlari bo‘yicha yagona axborot portali xarid.uz internet manzilida rasman ishga tushirildi. Endilikda portalda davlat xaridlari bo‘yicha barcha e’lonlar va ularning natijalari joylashtiriladi hamda davlat xaridlari elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan elektron auksion shakllarida o‘tkaziladi. Bu haqda Xs.uz xabar tarqatdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasida vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJni davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalining operatori sifatida belgiladi.
Elektron davlat xaridlari bo‘yicha barcha bitimlar elektron raqamli imzo (ERI) orqali tuziladi. Shuningdek, “XARID” elektron tizimiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasiga (HKP) garov mablag‘larini kiritish orqali bitimlar ijrosini kafolatlash amaliyoti kiritilgan.
Birjada elektron davlat xaridlari masalalari yuzasidan (+998 71) 213-33-30 yoki 11-62 telefon raqamlari bo‘yicha Call-markaz xizmati faoliyat yuritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?