Yaquin kunlarda yo‘llarda ko‘rinishi kutilayotgan Chevrolet Cobalt’ning yangilangan interyeri ochiqlandi. Bu haqda Uz24.uz xabar berdi.
Yangi salonda ko‘p funksiyali rul o‘rnatilgan bo‘lib, unda ovoz tizimi va kruiz-kontrol tugmalari mavjud. Yorqin panel va 200 km/soatgacha spidometr esa avtomobilga zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlagan.
Old o‘rindiqlar mato hamda qo‘shimcha material kombinatsiyasida tayyorlangan, yon qo‘llab-quvvatlash esa haydovchi va yo‘lovchi uchun qulaylik yaratadi. Markaziy konsolda sensorli multimedia ekrani joylashgan bo‘lib, u Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Avtomat uzatma selektori zamonaviy dizaynga ega, shuningdek qo‘lda boshqarish rejimi ham mavjud. Konsol va o‘rindiqlar joylashuvi salon kengligini oshirgan.
Minimalistik va qulay interyer haydovchi hamda yo‘lovchilar uchun yoqimli muhit yaratadi. Sizningcha, ushbu o‘zgarishlar Cobalt’ni bozorda raqobatbardoshroq qiladimi?