date

UzIMEI orqali telefon importi 265 baravarga oshdi

UzIMEI orqali telefon importi 265 baravarga oshdi

UzIMEI tizimi orqali telefonlarning rasmiy importi 265 baravarga oshdi, deb Spot.uz xabar berdi. Bu haqda Mintsifr Senatga yuborilgan so‘rovga javoban ma’lumot berdi. Unda bojxona to‘lovlaridan tushumlar ham 120 baravarga oshgani aytilgan.

Ayni paytda IMEI-kod orqali telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi 50 dan ortiq mamlakatda amal qilmoqda. O‘zbekistonda 2019 yilda telefon importi 42 barobarga oshgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 3,57 mln donaga yetdi. 2025 yilning birinchi yarmida yana 2 mln telefon olib kirildi.

2024 yilda rasmiy import ulushi 80% ni tashkil qildi. Bojxona tushumlari o‘tgan yil yakunida 621,2 mlrd so‘mga yetdi. 2025 yilning 6 oyida esa 429,4 mlrd so‘m yig‘ildi — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p.

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan IMEI-kodlar soni 5 yil ichida 1,61 mln dan 8,44 mln donagacha oshdi. Shu bilan birga, IIV so‘roviga binoan 47,4 ming qurilma monitoringga olingan va 20 mingdan ortiq telefon “qora ro‘yxat”ga kiritilgan.

Mintsifr ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidagi texnik muammolar borligini tan oldi. UzIMEI, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Birda ilovasidagi nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » UzIMEI orqali telefon importi 265 baravarga oshdi