date

Alirizo Jahonbaxsh Infantinodan yordam so‘radi va final haqida gapirdi

Alirizo Jahonbaxsh Infantinodan yordam so‘radi va final haqida gapirdi

Eron milliy jamoasi sardori Alirizo Jahonbaxsh CAFA Nations Cup-2025 finalida O‘zbekistonga qarshi kechgan (0:1) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi va FIFA rahbari Janni Infantinodan yordam so‘raganini ochiq aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston uchun ushbu musobaqada zafar quchish katta ahamiyatga ega edi. Shu bilan birga, yosh futbolchilarimiz tajriba to‘plashi ham biz uchun juda zarur edi. Umuman olganda, o‘yin yaxshi o‘tdi, ammo natija kutilgandek bo‘lmadi.

Albatta, Infantinoning bunday turnirga tashrif buyurishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu holat Osiyo futboliga qaratilgan e’tiborni yanada kuchaytiradi. Bu nafaqat qit’a, balki shaxsan biz uchun ham muhim.

Men unga qisqa muloqotda murojaat qildim va Jahon chempionati yo‘lida bizga ko‘mak berishi haqida iltimos qildim. Chunki biz yetarli darajada yaxshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkaza olmadik. Shu jihatdan ham Infantinodan yordam so‘radim”, — deya ta’kidladi Eron terma jamoasi sardori Alirizo Jahonbaxsh.

Eslatib o‘tamiz, finaldagi yagona golga Hojiakbar Alijonov mualliflik qildi va O‘zbekiston tarixiy tarzda CAFA Nations Cup-2025 chempionligiga erishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alirizo Jahonbaxsh Infantinodan yordam so‘radi va final haqida gapirdi