date

“The Witcher” 4-mavsumining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

“The Witcher” 4-mavsumining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

Netflix mashhur “The Witcher” serialining navbatdagi, to‘rtinchi faslini shu yilning oktyabr oyida taqdim etadi, deya xabar bermoqda Redanian Intelligence. Tasvirga olish jarayonlari bir yil avval yakunlangan bo‘lib, hozirga qadar post-prodyuserlik ishlari olib borilgan.

Yangi mavsumda Liam Xemsvort Geralt rolida ilk bor ko‘rinadi. Serialda jami 8 ta qism bo‘lib, ular bir kunda to‘liq e’lon qilinadi. Bu uslubni Netflix ilgari 3-mavsumda ham sinab ko‘rgan va uni “Stranger Things” hamda “Wednesday” kabi yirik loyihalarda davom ettirmoqda.

Shuningdek, dastlab “The Rats: Witcher’s Tale” deb atalgan spin-off maxsus to‘liq metrajli film sifatida shu yilning oxiriga qadar taqdim etilishi kutilmoqda, ammo aniq sana hozircha belgilanmagan.

Aktyor almashinuvi esa muxlislar orasida eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalardan biri. Uch fasl davomida bosh qahramonni gavdalantirgan Genri Kavill loyiha bilan xayrlashdi. Sabablardan biri boshqa loyihalardagi bandlik bo‘lsa, yana biri qahramon talqinida ijodiy kelishmovchiliklar edi. Kavill asarga yanada sodiq qolishni istagan, ssenariy mualliflari esa yangi yo‘nalishdagi hikoyalarni ishlab chiqishga harakat qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “The Witcher” 4-mavsumining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi