date

Dryu Berrimor sumkasida hamisha «mak va chiyz»

Dryu Berrimor sumkasida hamisha «mak va chiyz»

Gollivud yulduzi Dryu Berrimor o‘zining kutilmagan odatlari bilan yana bir bor muxlislarini hayratga soldi. Uning aytishicha, aktrisa sumkasidan hech qachon makaron va pishloq — ya’ni mashhur «mak va chiyz» sneki olib tashlanmaydi.

Drew Crew ko‘rsatuvida yulduz sumkasining ichidagi zarur buyumlarni namoyish qilarkan, lab balzami, o‘lchov lentasi va boshqa mayda, lekin foydali vositalar bilan birga idishda makaron va pishloq ham chiqardi. Bu esa tomoshabinlarning e’tiborini tortib, kulishga sabab bo‘ldi.

— «Rostdan ham sumkada makaron va pishloq bormi?» — deya hayratlanishdi boshlovchilar. Berrimor esa tabassum bilan: «Men doim bir oz mak va chiyz olib yuraman. Bu men uchun kichik, lekin juda mazali zakuska», — deb javob berdi va hatto bir bo‘lakdan tatib ham ko‘rdi.

Qizig‘i shundaki, 2024 yilda TikTok'da Berrimor uyi aks etgan video ham tarqalgan edi. Foydalanuvchilar unga qarab, 125 million dollarlik boylikka ega aktrisaning uyi juda oddiy va “normal” ko‘rinadi, deb izoh qoldirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dryu Berrimor sumkasida hamisha «mak va chiyz»