date

Fransiyada siyosiy inqiroz: Makron iste’foga chiqishi mumkin

Fransiyada siyosiy inqiroz: Makron iste’foga chiqishi mumkin

Fransiyada mamlakat prezidenti Emmanuel Makron faoliyatiga nisbatan yangi impichment jarayoni boshlandi. Parlamentda 104 nafar deputat mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va respublika prezidentiga nisbatan ishonchsizlik masalasini rasmiy kun tartibiga kiritdi.

“Tarixiy voqea! 10 sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin 104 deputat ekologlar va kommunistlar bilan birgalikda Makronga impichment e’lon qilish tashabbusini imzoladi. Prezident o‘z lavozimidan iste’foga chiqishi kerak”, — dedi “Insoumise France” partiyasi raisi Matild Pano.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni “Hammasini yoping” shiori ostida Fransiya bo‘ylab yirik namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Norozilar hukumatning iqtisodiy siyosatini tanqid qildi va byudjetni qisqartirishga qarshi chiqdi. Ularning harakatlari ko‘chalarni to‘sib qo‘yish, chiqindi qutilarini yoqish hamda politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib keldi.

Parlamentda ovoz berish jarayonida 364 deputat qarshi ovoz bersa, 194 nafar tarafdor ovoz bilan hukumatga ishonchsizlik bildirdi. Natijada bosh vazir Fransua Bayru hukumati lavozimidan iste’foga chiqdi.

Namoyishlardan keyin mamlakatning ko‘plab shaharlarida fuqarolar ko‘cha bayramlari va ommaviy yig‘ilishlar uyushtirdi, bu esa siyosiy vaziyatning aholining diqqatini jalb qilayotganini ko‘rsatdi. Hozirda mamlakatdagi siyosiy inqirozning rivojlanishi va Makronning lavozimda qolishi yoki iste’foga chiqishi aholining va xalqaro hamjamiyatning e’tiborida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada siyosiy inqiroz: Makron iste’foga chiqishi mumkin