date

18 sentyabr kuni Polsha armiyasi Ukraina hududiga kelishi ma’lum qilindi

18 sentyabr kuni Polsha armiyasi Ukraina hududiga kelishi ma’lum qilindi

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lekke Rasmussen bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytdi.

Sibigaga ko‘ra, polyak harbiylari Ukraina Qurolli Kuchlari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Bu qadam ikki davlatning strategik munosabatlarini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Kiyevga tashrif buyurgan edi. U yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, harbiy sanoat sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Polsha va Ukraina o‘rtasidagi bugungi yaqin hamkorlik Moskvaga qarshi umumiy kurash doirasida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 18 sentyabr kuni Polsha armiyasi Ukraina hududiga kelishi ma’lum qilindi