Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi bo‘yicha bayonot berdi.
Avvalroq, bu loyiha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Hujjat loyihasida qarzdor jismoniy shaxslarning soliq qarzi bank plastik kartalaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda so‘zsiz undirib olinishi nazarda tutilgani e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflar o‘rganilganda, loyiha puxta tayyorlanmaganligi, Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining takliflari va tavsiyalari inobatga olinmasdan hamda kelishilmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilganligi aniqlandi.
Nizom loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining dastlabki muhokamasida jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida:
– o‘z majburiyatlarini bajarishlarida servis xizmatini ko‘rsatish;
– davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurmasdan soliqlarni to‘lash imkoniyatini yaratish;
– ularning yozma roziligi (kelishuv) asosida plastik kartalaridan har oyda kelishilgan mablag‘larni soliq to‘lashga yo‘naltirish nazarda tutilishi belgilangan edi.
Ammo Nizom loyihasida yuqoridagi norma qayd etilmaganligi aniqlanib, loyiha ishlab chiqilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar va mas’uliyatsizligi uchun Davlat soliq qo‘mitasining mas’ul boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan ko‘rib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag‘larni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi