18:13 / 11.03.2019
5 088

Oʻzbekistonda biznesga bir qator cheklovlar bekor qilindi

Oʻzbekistonda biznesga bir qator cheklovlar bekor qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

Vazirlar Mahkamasining "Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997 yil 11 dekabrdagi 548-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“1. Belgilansinki:

- eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni har kuni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar;
- koʻrsatilgan miqdordan kam naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshiradilar;

Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999 yil 19 martdagi 125-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

"2. Belgilansinki:

- yuridik shaxslar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish qonunchilikka muvofiq naqd pulda yoki naqd pulsiz tartibda, shuningdek, bank korporativ kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda, oʻzaro hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi;
- naqd pul tushumlari belgilangan tartibda inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi);
- yuridik shaxslar - isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni chakana sotishni oʻz firma doʻkonlari, shu jumladan ishlab chiqarish joyida tashkil etilgan oʻz firma doʻkonlari yoki oʻzlariga tegishli boʻlgan yoxud belgilangan tartibda ijaraga olingan turgʻun savdo shoxobchalari orqali, faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin”.

Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining masʼuliyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2001 yil 22 iyundagi 264-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki inkassatsiya xizmati faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrsin”.

Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002 yil 5 avgustdagi 280-son qarorining 8-bandidagi “tovarlarni naqd pulga ulgurji sotishga yoʻl qoʻymaslikka, nazorat-kassa mashinalari mavjudligiga, naqd pul mablagʻlari oʻz vaqtida inkassatsiya qilinishiga” soʻzlari “nazorat-kassa mashinalari mavjudligiga va naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilinishiga (banklarga topshirilishiga)" soʻzlari bilan almashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:

a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“10. Tovarlar tuzilgan shartnomalar asosida va oʻzaro hisob-kitoblarning naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda ulgurji sotilishi mumkin. Bunda, hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi”;

b) 19-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi:

- “Chakana savdo korxonalari (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga tovarlarni aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda va hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida, shu jumladan plastik kartochkalardan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda sotishga ruxsat etiladi”;
- oltinchi xatboshi chiqarib tashlandi;
- yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda biznesga bir qator cheklovlar bekor qilindi