date

Kanada Markaziy banki foiz stavkasini pasaytirdi

Kanada Markaziy banki foiz stavkasini pasaytirdi
Kanada Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 0,25 punktga tushirib, 2,5 foiz darajasiga yetkazdi. Bu so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichdir. Qaror ishsizlikning ortishi va inflyatsiya bosimining kamayishi bilan izohlandi.

Bank rahbari Tiff Maklemga ko‘ra, qaror muvozanatni saqlash uchun zarur bo‘lib, Kengashning barcha a’zolari uni qo‘llab-quvvatladi. AQSh tariflari iqtisodiyotga bosim qilayotgan bo‘lsa-da, stavkani kamaytirish shart deb topildi.

So‘nggi oylar ichida mehnat bozori 100 mingdan ortiq ish o‘rnini yo‘qotdi, ishsizlik esa so‘nggi to‘qqiz yildagi eng yuqori darajaga chiqdi. Iqtisodiyot ikkinchi chorakda 1,6 foizga qisqargan va uchinchi chorak prognozlari ham zaif.

Mutaxassislar oktyabrda stavka yana pasayishi mumkinligini bildirmoqda. Bank esa inflyatsiya 2 foizlik maqsad ko‘rsatkichi atrofida barqarorlashishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kanada Markaziy banki foiz stavkasini pasaytirdi