date

Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi to‘lamagan 6182 nafar yo‘lovchi jarimaga tortildi

Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi to‘lamagan 6182 nafar yo‘lovchi jarimaga tortildi

Toshkent shahrida yil boshidan buyon jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamasdan safar qilgan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi ma’muriy jazoga tortilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lumotga ko‘ra, poytaxtda yo‘lovchilar orasida chiptasiz yurish holatlariga barham berish maqsadida maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlarda Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi inspektorlari ishtirok etmoqda.

Hisobotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 6182 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, ular belgilangan tartibda jazoga tortilishi ta’minlangan.

Qonunchilikka muvofiq, aniqrog‘i Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga ko‘ra, shahar ichida yoki shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslarda yo‘l haqi to‘lamasdan yurish bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi — 41 ming 200 so‘m miqdoridagi jarima bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Mutasaddilarning aytishicha, reyd tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi va yo‘lovchilar tartibga amal qilishga chaqirilmoqda. Shu orqali nafaqat qonun ustuvorligi ta’minlanishi, balki jamoat transporti tizimida adolat va shaffoflik ham qaror topishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi to‘lamagan 6182 nafar yo‘lovchi jarimaga tortildi