date

18-sentyabrda Yerga gigant asteroid kelishi kutilmoqda

18-sentyabrda Yerga gigant asteroid kelishi kutilmoqda

Ertaga, 18-sentyabr kuni, Yer sayyorasiga 2025-yildagi eng yirik asteroidlardan biri yaqinlashishi kutilmoqda. Bu haqda Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rasmiy xabar berdi.

Laboratoriya ma’lumotiga ko‘ra, “2025 FA22” nomli asteroid ertaga, 18 sentyabr kuni, Yerdan Oy orbitasining diametridan biroz kengroq masofada o‘tib, sayyoraga Toshkent vaqti bilan soat 12:00 atrofida eng yaqin nuqtaga yetadi. Ushbu kosmik obyektning o‘rtacha diametri 166 metr, uzunligi esa 290 metrni tashkil etadi. Massa jihatdan esa u, “Chelyabinsk” meteoritidan taxminan 1000 marta katta hisoblanadi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti olimlari fikricha, bu 2025-yilda sayyoradan million kilometrdan kamroq masofada o‘tadigan eng yirik va diqqatga sazovor kosmik obyekt hisoblanadi. Shu bilan birga, Yer uchun xavfli jismlar ro‘yxatiga kiritilgan ko‘pchilik asteroidlarda bo‘lgani kabi, bu obyektning sayyora bilan to‘qnashuv ehtimoli juda past. Olimlar shuni ham ta’kidlashicha, asteroid harakatini teleskop orqali aniq kuzatish deyarli imkonsiz.

Akademik astrofiziklar ta’kidlashicha, “To‘qnashuv ehtimoli amaliy jihatdan nolga teng, chunki qanday holatlar kombinatsiyasi asteroid orbitasini qisqa vaqt ichida tubdan o‘zgartirishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin”. Bu esa aholi va olimlar uchun qo‘rquvsiz kuzatish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 PM nomli, diametri 50 metr bo‘lgan asteroidning Yer yaqinidan o‘tishi haqida ham ma’lumot berilgan edi. Bu kabi kuzatuvlar orqali kosmik obyektlar harakatini aniqlash va Yer xavfsizligini baholash imkoni kengaymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 18-sentyabrda Yerga gigant asteroid kelishi kutilmoqda