"Manchester Siti"ning sobiq yetakchi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Pep Gvardiola bilan o‘tgan yillarini eslar ekan, uning shaxsiy va professional hayotidagi o‘rni haqida samimiy so‘zlar aytib o‘tdi.
Germaniyalik futbolchi o‘z fikrlarini shunday bayon etdi:
— Bu davr haqiqatan ham juda ajoyib bo‘lgan. Rostini aytsam, munosabatimiz shunchaki murabbiy va shogird o‘rtasidagi oddiy aloqalardan ancha yuqori darajada edi. Pep menga futbolda xohlaganimning barchasini berdi. Uning qo‘l ostida juda ko‘p bilim va tajriba orttirdim.
Gyundoganning ta’kidlashicha, Gvardiolaning ta’sirisiz bu qadar yutuqlarga erisha olmas edi:
— U mening butun kareramga katta ta’sir ko‘rsatdi. Agar Pep bilan ishlamaganimda, hozirgi natijalarga yeta olmasdim. U eng yaxshi murabbiy va bu gapni "Manchester Siti" safida o‘ynagan har qanday futbolchi aytishi mumkin. Barcha yordami uchun undan cheksiz minnatdorman, — dedi tajribali futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ilkay Gyundogan hozirda Turkiyaning mashhur jamoasi "Galatasaroy" tarkibida to‘p surmoqda va yangi safarda ham o‘z tajribasini namoyish etishda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!