Marg‘ilon shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktor o‘rinbosari T.I. tovlamachilik yo‘li bilan viloyatdagi tumanlardan birining xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R.dan pul olayotganda ushlandi.
Aniqlanishicha, T.I. tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri U.R.ga o‘zini “DXX viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi” sifatida tanishtirib, uning ustidan ariza tushganini ma’lum qilgan. Bo‘lim mudiri har oyda maktab direktorlaridan pul talab qilib kelayotganini, yaqinda yuqori lavozimga qo‘yilgan ayoldan katta miqdorda pora olganini isbotlovchi audio va video yozuvlar borligini aytib, uni javobgarlikdan qutqarib qolish evaziga 15 mln so‘m talab qilgan.
DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tadbirda T.I. ko‘rsatib o‘tilgan miqdordagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan T.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1 –qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi